Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning sud ishida qo‘yilgan ayblovlarning ayrimlari uning “O‘zsanoatqurilishbank” boshqaruvi raisi bo‘lgan davriga bog‘liq. Ayblov xulosasida u talon-toroj qilgan kredit va budjet mablag‘lari hamda davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar 200 mlrd so‘mdan ko‘pligi aytiladi.
Mirobod tuman sudi sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va yana 49 kishining ishini yopiq rejimga o‘tkazdi, biroq bir necha advokatlar va sudlanuvchilar bunga qarshi chiqdi. Sudya bunga sabab sifatida sudda “xizmat doirasidan foydalanish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar yangrashini” aytdi.
Sobiq vazir Aziz Voitov va yana 49 sudlanuvchiga oid sudda OAV vakillariga foto, video olish hamda audio yozib olish taqiqlandi. Ayrim advokatlar jurnalistlarni yolg‘on tarqatishda ayblamoqda. Antikorrupsiya agentligi bunday qaror prezident farmoniga zidligini aytib, majlisni jonli efirga uzatishga chaqirdi.
Mirobod sudi sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi sobiq rahbari Husniddin Karimovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshladi. Advokatlar jurnalistlar “xorijliklar agenti” bo‘lishi mumkinligini aytib, ularning sud ishiga aralashuviga qarshi chiqdi.
Aziz Voitov va boshqalarga (jami 50 kishi) oid jinoyat ishini birinchi instansiyada ochiq sudda ko‘rib chiqish 5-sentabrda boshlanadi. Ular JKning o‘zlashtirish, firibgarlik, vakolatni suiiste’mol qilish, pora va boshqa moddalari bo‘yicha ayblanmoqda. Sudlanuvchilarning 29 nafari qamoqqa olingan.
Mirobod tuman sudi sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshlaydi. U o‘zlashtirish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va mansab soxtakorligi kabilarda gumonlanmoqda. Ishda ikki tadbirkor ham ayblanmoqda.
Oliy sud sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov bosh prokuror o‘rinbosari iltimosnomasidan so‘ng hibsga olingani haqida xabar berdi. U o‘zlashtirish va mansab vakolatini suiiste’mol qilishda gumonlanmoqda.
Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov hibsga olindi, deb xabar berdi “Gazeta.uz” manbasi. U iqtisodiy jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinmoqda.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov lavozimidan ozod etildi, u 2022-yil avgust oyi oxiridan buyon vazirlikni boshqarib kelayotgandi.
Faollar fermerlar va klasterlar o‘zaro teng munosabatga kirisholmasligi, fermerlarda narx bo‘yicha tortishish imkoni yo‘qligini ta’kidlashgandi. Bunga javoban, qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov paxta narxini bozor iqtisodiyoti qonunlari bo‘yicha xaridorlar va sotuvchilar belgilashini ma’lum qildi.
Iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligiga qanday ta’sir qilmoqda, raqamlashtirish ta’minot zanjiri samaradorligini oshiradimi, qishloq xo‘jaligi yeriga egalik masalasi qanday hal qilinadi? Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov bu bo‘yicha Samarqandda o‘tgan xalqaro konferensiya chog‘ida “Gazeta.uz”ga intervyu berdi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari qishloq xo‘jaligi vazirlari soha samaradorligini oshirish, uni modernizatsiya qilish masalalarini muhokama qildi. Buning uchun ham ichki, ham tashqi manbalardan yirik moliyaviy investitsiyalar talab etilishi aytildi.
Prezident qishloq xo‘jaligidagi kamchiliklarni tanqid qilib, bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev va Fermer xo‘jaliklari kengashi rahbari Aktam Xaitovni ogohlantirdi. Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Teshayev faoliyatidagi kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etildi.
Prezident farmoni bilan Aziz Voitov qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Shu munosabat bilan u investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Deputatlar 16 iyuldan beri bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga Aziz Voitovning nomzodini ma’qulladi. U bunga qadar investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
O‘zbekiston Xitoydan mamlakatda qo‘shma ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun 37,5 mln dollar beg‘araz moliyaviy yordam oladi.
Jahonda sodir bo‘layotgan voqealar fonida ba’zi eksportchilar boshqa logistika koridorlaridan foydalanishga majbur bo‘lganligi sababli ularning transport-logistika xarajatlari oshdi, dedi ITSV rahbarining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov. Shundan kelib chiqib, Eksportni rag‘batlantirish agentligi transport xarajatlari uchun kompensatsiya miqdorini oshiradi, qolaversa, O‘zbekiston boshqa davlatlar bilan ham yuk tashish xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Qozog‘iston bilan shakar va bug‘doyni temir yo‘l orqali tashishni 30 foizgacha arzonlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Prezident 210 gektar maydonda barpo etiladigan «Yangihayot» texnoparki loyihasi bilan tanishar ekan, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va ITSV rahbarining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitovga yer ajratishlar tanish-bilish orqali bo‘lmaydimi, deya savol berdi. «Faqat auksion orqali», deb javob berishdi ikkala rahbar ham bir ovozda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting